Germaniyada “asr oʻgʻirligi” sodir boʻldi

20:17 19 Noyabr 2020 Dunyo
1444 0

Germaniyaning Drezden shahrida Yevropaning eng yirik “Yashil Gumbaz” nomli qadimiy zargarlik buyumlari kolleksiyasidan milliard yevro qiymatidagi zargarlik buyumlarini oʻgʻirlashda gumon qilinayotgan shaxslar qoʻlga olindi.

Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Saksoniya federal shtati politsiyasining tvitteridagi mikroblogida maʼlum qilinishicha, Berlinda 18 ta obyekt, jumladan, 10 ta kvartira, shuningdek, garajlar va avtomobillarda tintuvlar oʻtkazilgan maxsus operatsiyada 1600 dan ortiq politsiyachilar qatnashgan.

Politsiya butun Berlin boʻylab kvartiralarni tintuv qilgan va “Yashil Gumbaz”ni talon-taroj qilishda gumon qilinayotgan uch kishini hibsga olgan. Maʼlum qilinishicha, hibsga olinganlarning barchasi Germaniya fuqarolari.

Huquqni muhofaza qilish idoralarining qayd etishicha, operatsiyaning maqsadi gumonlanuvchilarni hibsga olishdan tashqari, “oʻgʻirlangan sanʼat asarlarini” topishdan iborat.

Maʼlum qilinishicha, gumondorlar tomonidan olmoslar bilan ishlangan XVI asrga tegishli qilich, qiymati taxminan 11 million dollarni tashkil etuvchi 49 karatli Drezden oq olmosi hamda XVIII asrga oid Saksoniya hukmdori tomonidan buyurtma qilingan zargarlik buyumlari oʻgʻirlangan.

Ushbu zargarlik buyumlarini qidirish ishlari davom etmoqda. Ayni paytda kvartira, garaj hamda transport vositalarida qidiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, politsiya mumkin boʻlgan dalillar - raqamli axborot vositalari, kiyim-kechak va asboblarni ham qidirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер