Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirgan britaniyalik amaldor ishdan boʻshatildi

17:50 31 Oktyabr 2023 Dunyo
265 0

Foto: Global Look Press

Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi aʼzosi, Fan, innovatsiyalar va texnologiyalar departamentida vazir yordamchisi boʻlib ishlagan Pol Bristou Bosh vazir Rishi Sunakga yoʻllagan maktubida Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirganidan soʻng ishdan boʻshatildi. Bu haqda “The Guardian“ xabar bermoqda.

Matndan koʻrinib turibdiki, Bristou oʻz pozitsiyasidan mahrum qilingan, chunki uning sharhlari “kollektiv javobgarlik tamoyillariga mos kelmagan”.

Nashrning aniqlik kiritishicha, siyosatchi oʻtgan hafta bosh vazirga yoʻllagan ikki sahifalik maktubida, 7-oktyabr kuni HAMAS hujumidan keyin Isroil hujumlari natijasida Gʻazo sektoridagi Falastin fuqarolari “ommaviy jazo”ga duchor boʻlayotganini qayd etgan.

“Doimiy oʻt ochishni toʻxtatish hayotni saqlab qoladi va insonparvarlik yordamini eng muhtoj odamlarga yetkazishda davom etish imkonini beradi”, deb yozgan u oʻz xatida.

Bundan avval bosh vazir Rishi Sunakning matbuot kotibi Buyuk Britaniya Gʻazo sektorida HAMAS harakati yoʻq qilinmaguncha oʻt ochishni toʻxtatish chaqiruvlariga qarshi ekanini maʼlum qilgandi.

“Toʻliq oʻt ochishni toʻxtatish faqat HAMASga foyda keltiradi. Gumanitar pauzalar — vaqtinchalik va cheklangan — operatsion vosita boʻlishi mumkin va bu biz koʻrib chiqishimiz va muhokama qilishimiz mumkin boʻlgan narsadir”, dedi u.

Avvalroq, Buyuk Britaniya Yaqin Sharqda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha “mavhum” chaqiriqlardan qochishga chaqirilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер