Gʻazoda Falastin davlatining tashkil etilishi Isroil uchun eng yaxshi xavfsizlik kafolati — Jozep Borrel
Foto: Reuters
Falastin davlatining tashkil etilishi va uning Gʻazo sektori ustidan nazorati Isroil uchun xavfsizlikning eng yaxshi kafolatidir.
Ushbu fikrlarni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili, Yevropa komissiyasi Vitse-prezidenti Jozep Borrel “Financial Times“ gazetasiga bergan maqolasida aytib oʻtdi.
Uning fikricha, Gʻazo butun mintaqani beqarorlashtirishi mumkin boʻlgan nazoratsiz qurolli guruhlar qoʻliga oʻtib ketishining oldini olish uchun bu hudud oʻz xalqi vakili boʻlgan davlat tomonidan boshqarilishi kerak.
Borrel, shuningdek, Falastin maʼmuriyatini zaiflashtirmaslik zarurligini taʼkidladi.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rahbari Isroil prezidenti Isxak Gersog bilan suhbatida, Falastin tarafdori ekanini aytgan edi.
“Biz prezident Gersog bilan uchrashdik. Yaxshi oʻtdi. Shunday ediki, men bir oz Falastin tarafdoriman, shuning uchun muloqot sovuqroq boʻlishidan hadiksiragandim, lekin yoʻq, bunday boʻlmadi”, degandi Borrel ushbu muloqot haqida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring