G‘amxo‘rlikning katta-kichigi bo‘lmaydi

14:36 04 Noyabr 2021 Jamiyat
585 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Nogironlar jamiyati viloyat bo‘limi hamkorligida 4-sektor hududida yashovchi 60 nafar imkoniyati cheklangan shaxslarga nogironlik aravachalari tarqatildi.

-  9 oyligimda baxtsiz hodisa tufayli oyoqlarim kuygan va shu sabab bir oyog‘im kesib tashlangan, - deydi Sho‘rchi tumanidagi Elbayon mahallasida istiqomat qiluvchi Gulbahor Alimova. – Taqdir meni yana og‘ir sinovga soldi. Bundan 7 yil oldin qorason kasalligi tufayli ikkinchi oyog‘imdan ham ayrildim. Mana, yetti yildirki, ko‘chaga chiqishga qiynalaman. Menga nogironlik aravachasini berishganidan xursand bo‘lib ketdim. Biz, ko‘ngli g‘ariblarni o‘ylab, g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotganlardan behad minnatdormiz.

Maʼlumot o‘rnida aytish kerakki, joriy yil boshidan buyon Surxondaryo viloyati DSB rahbarligidagi 4-sektor hududida yashovchi qariyb ming nafar fuqaroga homiylik yordami asosida 250 million so‘mlik dori-darmonlar,  67 nafar fuqaroga esa sihatgohlarga davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

 

Ilhom RAHMATOV, "Xalq so‘zi".

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер