Fuqaroni AQSHga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi

14:57 14 May 2025 Jamiyat
189 0

Meksika orqali fuqaroni AQSHga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Jizzax shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.B. (muqaddam sudlangan) fuqaro Sh.K.ning ishonchiga kirib, uni 30 000 AQSH dollari evaziga Meksika davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishini vaʼda qilib, 11 200 AQSH dollari va 50 mln soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер