Fuqarolarimiz Isroilda ish bilan taʼminlanadi

15:47 31 Mart 2022 Jamiyat
1021 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Oʻzbekistonda boʻlib turgan Isroil davlatining vakolatli organlari vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Isroil davlati Hukumati oʻrtasida Isroil davlatining mehnat bozoridagi maxsus sektorlarda oʻzbekistonlik ishchilarni vaqtinchalik ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi Bitim” va bayonnoma loyihalari koʻrib chiqilib, fuqarolarimizni ushbu davlatda ish bilan taʼminlash boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.

Muzokaralarda ikki tomon vakillari mazkur Bitim loyihasini joriy yilning aprel-may oylarida imzolashga kelishib oldi. Shuningdek, olib borilgan muzokaralar toʻgʻrisida uchrashuv bayonnomasi imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер