Fuqaro aviatsiyasi sohasida Fransiya bilan hamkorlik
Bugun, 10-oktabr kuni “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori Fransiya fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar doirasida “Oʻzaviatsiya” agentligi va Fransiya fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi oʻrtasidagi kelishuvni amalga oshirish Dasturi imzolandi.
Shuningdek, ikki mamlakat aviatsiya maʻmuriyatlari oʻrtasida parvozlar xavfsizligini nazorat qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring