Fransiyada para oʻq otish boʻyicha Jahon kubogi davom etmoqda
Fransiyaning Shatoru shahrida para oʻq otish boʻyicha Jahon kubogi davom etmoqda.
Kecha erkaklar oʻrtasida 10 metrga pnevmatik toʻpponchadan otish boʻyicha bahslarda hamyurtimiz Server Ibragimov 217.1 ochko jamgʻargan holda 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi va kumush medaliga sazovor boʻldi.
Taʼkidlash kerakki, bu Serverning ushbu musobaqadagi ikkinchi medali boʻldi. Bundan avval u 50 metrga toʻpponchadan otish bahslarida bronza medalga sazovor boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring