Fransiya milliy fuqaro aviatsiyasi bilim yurti mutaxassislari ishtirokida oʻquv kurslari tashkil etildi
Fransiya Fuqaro aviatsiyasi Bosh Boshqarmasi hamkorligida Milliy fuqaro aviatsiyasi bilim yurti (ENAC) tomonidan «Oʻzaviatsiya» agentligida oʻquv kurslari oʻtkazilmoqda.
Joriy yilning 20–24 - fevral kunlari davomida tashkil etilayotgan ushbu oʻquv kurslarida «Oʻzaviatsiya» agentligining 12 nafar inspektorlari ishtirok etishmoqda.
Oʻquv kursi Milliy fuqaro aviatsiyasi bilim yurti katta oʻqituvchisi Piyerre Roselini tomonidan “Inspektor tekshiruvlarini oʻtkazish” («Audit SMS techniques») yoʻnalishi boʻyicha olib borilmoqda.
Mazkur oʻquv kursi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil noyabr oyida Fransiyaga amalga oshirgan oliy darajadagi tashrifi doirasida imzolangan “Fuqaro aviatsiyasi sohasida texnik hamkorlik toʻgʻrisidagi Kelishuv”ga asosan tashkil etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring