“Fitch Ratings” “Artel”ni “B” darajasida, istiqbolni “Barqaror” deya tasdiqladi
Arxiv surat
Joriy yilning 6-iyul, chorshanba kuni “Fitch Ratings” reyting agentligi “Artel Electronics Group” reytingini “B” darajasida, “Barqaror” prognozi bilan tasdiqladi.
Reytingni belgilashda “Fitch Ratings” kompaniyaning «ichki bozordagi yetakchi mavqei»ni qayd etib, kompaniyaning korporativ boshqaruvdagi “sezilarli yaxshilanishi”ni yuqori baholadi. Shuningdek, reytingda “Artel”ning eksportdagi sotuvlari oʻsishi va xorijiy valyutaga bogʻliq xarajatlar tarkibi yaxshilangani ham hisobga olindi.
Oʻtgan yili kompaniyaning debyut reytingida “Artel” Oʻzbekistondagi birinchi xususiy ishlab chiqarish kompaniyasi boʻldi va “Katta uchlik” xalqaro reyting agentliklaridan birining kredit reytingini oldi.
Kredit reytingi kompaniyaning qarz oluvchi sifatidagi mavqeining mustaqil oʻlchovidir. U kompaniyaning moliyaviy hamda tijorat holatini toʻliq baholashdan soʻng amalga oshiriladi. Shuningdek, u oʻtgan yillardagi prognozlar hamda geografik va geosiyosiy jihatlarni hisobga oladi.
Oʻtgan yili “Artel” Oʻzbekistondagi birinchi xususiy ishlab chiqarish kompaniyasi boʻldi va “Katta uchlik” xalqaro reyting agentliklaridan birining kredit reytingini oldi. Oʻzbekistonda soʻnggi paytlarda amalga oshirilgan biznes islohotlari “Artel”
kabi xususiy kompaniyalarga qayta qurish, xalqaro moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish va xorij bozorlarini ochish imkonini berdi. 2022-yilda kompaniya Toshkent fond birjasida ilk obligatsiyalarini chiqardi. (T)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring