“Fitch Rating” agentligi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ reytingini “BB” darajasiga koʻtardi

13:25 02 Iyul 2025 Jamiyat
99 0

2025-yil 1-iyul kuni “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligi tomonidan “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining xalqaro kredit reytingi “BB-” dan “BB” darajasiga oshirildi. Reytingga berilgan prognoz esa “barqaror” darajasida saqlandi.

Bu oʻsish 2018-yildan beri qayd etilgan birinchi reyting yaxshilanishi hisoblanadi. Xususan, agentlikning hisobotida qayd etilishicha, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ iqtisodiy barqarorlikni saqlash, moliyaviy shaffoflikni taʼminlash va korporativ boshqaruvni takomillashtirish borasida salmoqli yutuqlarga erishgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 26-iyun kuni “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligi Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini ham “BB-”dan “BB” darajasiga oshirgan va prognozni “barqaror” deb baholagan edi. Mazkur baholash orqali “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning reytingi mamlakatning umumiy kredit qobiliyati bilan bir xil darajaga chiqdi.

Yangi reyting bahosi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning jahon investitsiya bozorlaridagi nufuzini yanada mustahkamlab, kompaniyaning aniq biznes strategiyasi, shaffof moliyaviy hisobotlari va samarali korporativ boshqaruv tizimiga ega ekanini tasdiqladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер