Finlyandiyada nomaʼlum modda odamlarning ommaviy oʻlimiga sabab boʻlmoqda — OAV

02:17 03 May 2021 Dunyo
1164 0

Finlyandiyaning Turku va Xelsinki shaharlarida nomaʼlum giyohvand modda odamlarning ommaviy oʻlimiga sabab boʻlgan. Bu haqda mahalliy “Yle” nashri xabar bermoqda.

Politsiya maʼlumotlariga koʻra, mamlakatning janubi-gʻarbiy qismida Turku shahrida yoshlar orasida giyohvand moddalar tufayli beshta oʻlim qayd etilgan boʻlsa, “Yle” nashri oʻnta oʻlim haqida xabar bergan. Shu bilan birga, Finlyandiyaning “Turun Sanomat” gazetasi Xelsinki shahrida 50 nafarga yaqin odam zaharli moddalar qurboniga aylangani haqida yozgan.

Oldinroq mahalliy “A-klinikkasäätiö” jamgʻarmasi oʻz veb-saytida qora bozorda sotilayotgan hayot uchun xavfli boʻlishi mumkin boʻlgan giyohvandlik moddalari toʻgʻrisida ogohlantirish eʼlon qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер