Filippindagi toshqin qurbonlari soni 115 kishiga yetdi

19:07 14 Aprel 2022 Dunyo
978 0

Foto: Reuters

Filippinda «Megi» tropik toʻfoni sababli yuz bergan koʻchki va suv toshqinlari oqibatida hayotdan koʻz yumganlar soni 115 kishiga yetgan. Bu haqda AFP axborot agentligi mahalliy hokimiyatga tayanib xabar bermoqda.

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha monitoring va axborot markazi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatning oʻnta viloyati noqulay ob-havodan zarar koʻrgan. Jami 842,7 ming kishi tabiiy ofatdan jabr koʻrgan. Hozir ulardan 95,4 ming nafardan ortigʻi 675 ta evakuatsiya punktlarida qolmoqda.

Markaziy Leyte provinsiyasida koʻchkilar dehqonchilik va baliqchilik xoʻjaliklariga jiddiy zarar yetgan. Uylar vayron boʻlib, hududning tabiiy landshafti oʻzgarib ketgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер