Fermerlarning mineral oʻgʻitlarni import qilishga aralashish taqiqlanadi
Foto: Illustrativ foto
Paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan fermer xoʻjaliklariga paxta xom ashyosi yetishtirish uchun oldindan toʻlov pul shaklida amalga oshiriladi. Bunda, oldindan toʻlovni natura shaklida amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar mineral oʻgʻit, yoqilgʻi-moylash, texnikaga oid masalalar, ularni import qilishni mustaqil hal qiladi, bunga har qanday tarzda aralashish taqiqlanadi.
Shuningdek, 2023-yil hosilidan boshlab paxta-toʻqimachilik klasterlari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklarining paxta hosilini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish tegishli hosil yili uchun oldingi yilning 1-oktyabridan boshlanadi.
Paxta xom ashyosini yetishtirish maqsadida paxta-toʻqimachilik klasterlariga ajratilgan imtiyozli kreditlar paxta xom ashyosi yetishtirish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlarni moliyalashtirish uchun fermer xoʻjaliklariga yoʻnaltiriladi, bundan paxta-toʻqimachilik klasterlariga ular tomonidan ijaraga olingan qishloq xoʻjaligi yerlarida paxta xom ashyosini yetishtirish uchun ajratilgan kreditlar mustasno.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring