Fargʻonadagi ohak ishlab chiqarish sexi 1 mlrd. soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

14:56 30 Noyabr 2023 Jamiyat
139 0

Energetika vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Fargʻona viloyatida oʻtkazgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqladi.

Xususan, Oʻzbekiston tumanida istiqomat qiluvchi R.Y. ga qarashli ohak ishlab chiqarish sexi tarmoqqa noqonuniy ravishda, tabiiy gaz hisoblagichisiz ulanib, davlat manfaatlariga 1 mlrd. soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер