Fargʻonada Polsha universiteti tashkil etiladi

15:28 26 Iyul 2022 Jamiyat
653 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyati hokimligida Polshaning Bidgosh iqtisodiyot universiteti xalqaro loyihalar boʻyicha dekani, Sharqiy hamkorlik markazi direktori Magdalena Bergmann boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Fargʻona viloyati hamda Bidgosh iqtisodiyot universiteti oʻrtasida oliy taʼlim va ilm-fan sohasida, shuningdek, davlat xizmatchilari malakasini oshirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida oʻzaro fikr almashildi.

Uchrashuvda Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Fayzullo Qosimo vviloyatdagi oliy taʼlim muassasalari faoliyati va ayni sohada xalqaro hamkorlikning jadal rivojlanib borayotgani, erishilayotgan yutuqlar haqida maʼlumot berdi.

Polshalik mehmonlar Bidgosh shahri va yana 7 ta shaharda filiallari joylashgan universitet faoliyati haqida batafsil soʻzlab berdilar. Samimiy muloqotda Fargʻona viloyatida xususiy universitet ochish, 1-bosqichda taʼlimni bakalavr boʻyicha iqtisodiyot yoʻnalishidan boshlash, keyinchalik ijtimoiy yoʻnalishlarni ham qoʻshish va davlat xizmatchilari xodimlari malakasini oshirish kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Takliflar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishi taʼkidlanib, ezgu tashabbusni roʻyobga chiqarish uchun amaliy ishlarga kirishishga kelishib olindi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер