Fargʻonada paxta ochildi
Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida joriy yilda 5 ming 200 gektar yerga chigit ekilgan boʻlib, mavsum davomida olib borilgan sifatli agrotexnik tadbirlar oʻz natijasini bera boshladi. Oʻtgan hafta viloyat dalalarida birinchilardan boʻlib ushbu tumanda paxta ochildi.
Markaziy Fargʻona choʻllarida joylashgan “Zafarobod bulogʻi 2021” fermer xoʻjaligida erta koʻklamda chigit ekish yumushlari namunali tarzda tashkil etilib, tumanda birinchilar qatorida yerga baraka urugʻi qadalgan edi.

— Paxtaning bunday tez ochilishi anomal issiq bilan bogʻliq emas, — deydi fermer xoʻjaligi rahbari Jahongir Ahmedov. — 14,5 gektar yerga ekilgan “Namangan-77” navi innovatsion tavsiyalar asosida parvarishlandi. Shu bois paxta har yilgidan ertaroq ochildi.
Fermerning aytishicha, bu yil bugʻdoy hosili juda barakali boʻlgan. Endi paxtadan ham moʻl hosil va shunga yarasha daromad olish kutilmoqda.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring