Fargʻonada yetishtirilgan qovun Shvetsiyada ham xaridorgir

13:23 14 Iyul 2025 Jamiyat
125 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”.  Fargʻona viloyatida yetishtirilgan meva-sabzavotlar va quritilgan mevalarni jahon bozoriga eksport qilish koʻlami tobora kengayib bormoqda.

Yaqinda “Fergana Exim Agro” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Shvetsiyaga “Torpeda” va “Obi novvot” navli qovunlar yetkazib berildi. Mamlakat poytaxti — Stokgolm shahrida bu qovunlar xaridorlarga juda manzur boʻlib, qoʻshimcha yana 20 tonna buyurtma qilindi.

MCHJ rahbari Yorqinjon Inomovning qayd etishicha, Shvetsiya bozori yaqin istiqbolda yurtimizdagi qovun yetishtiruvchilar uchun muvaffaqiyatli yoʻnalishga aylanishi aniq. Bu orqali oʻzbek qovunini Yevropa qitʼasida keng ommalashtirish imkoni ham yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер