Fargʻonada “Isuzi” rusumli yuk avtomobili haydovchisi YTH sodir etdi

13:10 21 Noyabr 2023 Jamiyat
184 0

21-noyabr kuni Uchkoʻprik tumani Mexnatobod MFY hududida 2000-yilda tugʻilgan “Isuzi” rusumli yuk avtomobili haydovchisi oraliq masofani saqlamasdan svetoforning qizil ishorasida toʻxtab turgan “Damas” rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Damas” yoʻlovchilari boʻlgan 2 kishi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, “Damas”da boʻlgan 2 nafar voyaga yetmagan (maktab oʻquvchilari) va 1 nafar yoʻlovchi hamda “Damas” haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер