Fargʻonada 7 millionga sotib olingan, biroq isteʼmolchiga maʼqul kelmagan isitish qozoni puli qaytarildi
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida istiqomat qiluvchi isteʼmolchi A.K. oʻziga qilingan qoʻpol muomala sabab xarid qilayotgan isitish qozoni (kotyoli) haqida koʻp ham maʼlumot ololmadi, deya xabar bermoqda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi.
Xaridor vaqti kamligi va zarurat sabab 7,0 mln.soʻmlik isitish qozonini sotib olishga majbur boʻlgan. Foydalanganda isitish moslamasi elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfini koʻp isteʼmol qilayotganligi isteʼmolchiga maʼqul kelmagan. Bu haqda doʻkonga eʼtirozini bildirganida sotuvchi yana qoʻpol muomalada boʻladi.
Isteʼmolchi mazkur savdo doʻkoni tomonidan talabi qondirilmasligini bilgach Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga murojaat qilishga majbur boʻldi. Shikoyat Agentlikning Fargʻona viloyat hududiy tuzilmasi tomonidan oʻrganib chiqildi. Isteʼmolchiga 7,0 mln.soʻmga sotib olgan isitish qozoni puli “Valiant” savdo doʻkoni tomonidan A.K.ga toʻliq qaytarib berilishiga erishildi.
Maʼlumot oʻrnida. Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasida Isteʼmolchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan eʼtiboran oʻn kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda boʻlmasa, pulini qaytarib olishga haqliligi koʻrsatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring