Fargʻonada 2,2 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi

19:58 13 Iyul 2024 Jamiyat
866 0

Fargʻona viloyatida suv nasosi stansiyasi va bitta gaz zapravka 3 milliard soʻmdan ziyod energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Quvasoy shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “E.G.S.” MCHJga qarashli AGTKSHning elektron gaz hisoblagichi monifolt qismiga oʻrnatilgan tamgʻa uzilib, jami 2,2 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shuningdek, Toshloq tumanida joylashgan Fargʻona nasos stansiyasi energetika boshqarmasi Toshloq tumani boʻlimiga qarashli suv nasosi uskunalarining elektr tarmoqlariga notoʻgʻri ulanishi natijasida ikkita holat aniqlangan. Buning natijasida jami 808,8 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani maʼlum boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер