Fargʻonada 1,7 milliard soʻmlik qalbaki alkogol va tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi

15:20 23 Aprel 2025 Jamiyat
189 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, “L.U.” MCHJ rahbari B.M. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, MCHJning Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahridagi savdo doʻkonida tegishi kirim hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 1,7 milliard soʻmlik 562 turdagi alkogolli mahsulotlar, shundan 29 turdagi qalbaki aksiz markali hamda 14 turdagi tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻyganliklari aniqlangan.

Tezkor tadbir xodimlari tomonidan mazkur qonunbuzilish holati nazoratga olinib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

“Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер