Fargʻona viloyatida “Senator va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan kasb-hunar maktabida Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Orzigul Kozixonova ishtirokida “Senator va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, Yoshlar parlamenti aʼzolari, Yoshlar maslahat guruhi vakillari, viloyat yoshlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarga oid davlat siyosati izchil amalga oshirilayotgani, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni sifatli taʼlim bilan qamrab olish, zamonaviy kasb-hunarlarga oʻqitish, bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka keng jalb etish ustuvor vazifalardan biri ekani alohida taʼkidlandi.
Senator yoshlar bilan muloqot qilib, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, tadbirkorlik asoslari va oʻz ustida ishlashning ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, u yoshlarni faol, tashabbuskor va masʼuliyatli boʻlishga chaqirib, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, oʻz ustida muntazam ishlash va aniq maqsadlar sari qatʼiyat bilan intilish muhimligini qayd etdi.
Tadbir yakunida yoshlar va talabalar senatorga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, atroflicha javoblar oldilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring