Faxriylar hamda ustoz-jurnalistlar sharaflandi
Bugun uzoq yillar Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritib, hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriylar hamda kompaniyada samarali ishlab kelayotgan ustoz-jurnalistlar sharaflandi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
“Tadbirda qatnashib, fidokorona mehnati, professional mahorati va serqirra ijodi bilan yurtimizda televideniye va radio sohasining rivojiga xizmat qilgan qadrli ustozlarimiz va faxriylarimizga, nafaqat teleekranlarda, balki kadr ortida xizmat qiladigan hamkasblarimizga ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim”, deydi Asadov.
U shuningdek, televideniye va radio dargʻalarini ardoqlash, hayot yoʻllarini yoshlarga ibrat qilib koʻrsatish, ustoz-shogird anʼanalarini, avlodlar oʻrtasidagi rishtalarni mustahkamlashda bunday uchrashuvlarning ahamiyati beqiyos ekanini alohida taʼkidladi.
“Ushbu ezgu tashabbus uchun Abdurashid Joʻraboyev boshchiligidagi Milliy teleradiokompaniyaning katta jamoasiga minnatdorlik bildiraman”, deb yozdi Prezident matbuot kotibi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring