Facebook ijtimoiy tarmogʻi ishlamay qoldi
Foto: Reuters
Facebook ijtimoiy tarmogʻi bir qator mamlakatlarda ishlamay qoldi. Bu haqda axborot mashhur internet-resurslarning ishini kuzatib boradigan Downdetector servisi sahifasida paydo boʻldi.
Bunday holat 5 dekabr kuni soat 17.00da sodir boʻldi. Foydalanuvchilarning 50 foizi oʻzlarining profillariga, qolganlar esa ijtimoiy tarmoq saytiga umuman kira olmaganini maʼlum qilgan.
Bunday holat Buyuk Britaniya, Fransiya, Vengriya, Polsha, Xorvatiya, Germaniya, Niderlandiya, Chexiya, Rossiya va Belarusda mamlakatlarida kuzatilgan.
Ijtimoiy tarmoq vakillari mazkur holatga izoh bermagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring