Yevropada koronavirus aniqlanmagan bir mamlakat qoldi
Foto: AP
Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar orasida faqat bittasida koronavirus hali kirib bormagan.
Dunyo boʻylab COVID-19 tarqalishini kuzatib borayotgan Jon Xopkins universiteti maʼlumotlariga qaraganda, 8-mart holatiga koʻra, Yevropa Ittifoqida koronavirus bilan ogʻrigan bemorlar faqat Kiprda qayd etilmagan.
Aytish joizki, Yevropadagi Kipr virus aniqlanmagan yagona mamlakat emas. Xususan, Yevropa mamlakatlari orasida koronavirus yana ikki mamlakat — Chernogoriya va Turkiyada ham aniqlanmagan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, koronavirusga chalinganlar soni 110 mingdan oshgan. Ushbu infeksiya tufayli 3870 nafar odam hayotdan koʻz yumgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring