Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qanday shartlar evaziga 50 milliard yevrolik koʻrsatishini maʼlum qildi

20:04 22 Iyun 2023 Dunyo
914 0

Illyustrativ foto

Agar Kiyev korrupsiyaga qarshi islohotlarni amalga oshirsagina Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida yordam paketini taqdim etishga tayyor. Bu haqda Yevrokomissiya (YEK) vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis aytib oʻtdi.

“Biz bu puldan toʻgʻri foydalanish qobiliyati ustida ishlashimiz kerak”, deydi Yevropa komissari.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Ukraina qonun ustuvorligini mustahkamlash, poraxoʻrlik va korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha islohotlarni amalga oshirsagina bu miqdor toʻlab beriladi.

Avvalroq, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatib qoʻyilgan aktivlaridan Ukrainani tiklash uchun foydalanish boʻyicha qonun tayyorlash ustida ish boshlanganini maʼlum qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, Ukrainaga byudjet taqchilligini qoplash uchun 50 milliard dollar ajratishni rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер