Yevropa Ittifoqi Ukrainaga besh milliard yevro ajratadi

00:41 15 Oktyabr 2022 Jamiyat
1330 0

Illyustrativ foto

Yevropa Ittifoqi (YEI) yil oxirigacha Ukrainaga besh milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam ajratadi. Bu haqda Yevropa komissari Paolo Jentiloni maʼlum qildi.

Yordam uch bosqichda Kiyevga yetkazib beriladi. 

“Biz yil oxirigacha, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida besh milliard yevro ajratamiz”, deydi Jentiloni.

Avvalroq, “Bloomberg” manbalariga tayanib, Yevrokomissiya kelgusi haftadayoq Ukrainaga kredit paketini taklif qilishini maʼlum qilgandi. Shunday qilib, Yevrokomissiya Ukrainaga shoshilinch xarajatlarni qoplashda, shu jumladan ish haqi va nafaqalarni toʻlashda yordam beradi. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga avvaliga 2 milliard yevro, soʻngra noyabr oyining ikkinchi yarmida yana 2,5 milliard yevro ajratadi. Qolgan 500 million yevro esa dekabr oyida oʻtkazib beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер