Yevropa Ittifoqi Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga chaqirildi

10:45 23 Aprel 2024 Dunyo
632 0

Foto: Reuters

Belgiyadan Yevropa Parlamenti aʼzosi Assita Kanko Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Jozep Borrelga yoʻllagan maktubida 13-apreldan 14-aprelga oʻtar kechasi Isroilga uyushtirilgan hujum tufayli Eronga qarshi yangi sanksiyalar qoʻllashga chaqirdi.

Kanko oʻz maktubida Eronga ballistik raketa komponentlarini yetkazib berishni taqiqlashni taklif qilgan.

Uning soʻzlariga koʻra, bu masala oxirgi oylarda Eronning HAMASni qoʻllab-quvvatlagani uchun mumkin boʻlgan sanksiya sifatida muhokama qilingan, biroq aʼzo davlatlar bir toʻxtamga kela olmagan.

Shu yilning 13-apreldan 14-aprelga oʻtar kechasi Eron Isroilga hujum qildi. Bu 1-aprel kuni Damashqdagi Eron konsulligiga qarashli binoga raketa hujumiga javob tariqasida amalga oshirildi.

Isroil tomon 170 ga yaqin dron va 150 qanotli va ballistik raketalar uchirildi. Ularning deyarli barchasi Isroil, AQSH va Iordaniya harbiylari tomonidan ushlangan.

Isroil rasmiy maʼlumotlariga koʻra, hujum mamlakat janubidagi Nevatim harbiy bazasiga ozgina zarar yetkazgan. Isroil armiyasining taʼkidlashicha, bu eronliklarning asosiy maqsadi edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер