Yevropa chempionlar ligasi oldidan tayyorgarlik

12:22 05 Aprel 2026 Sport
316 0

Kecha, Ispaniya La Ligasining 30-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidagi oʻyinda “Barselona” jamoasi Madridda “Atletiko” klubi mehmoni boʻldi.

Uchrashuv 1:2 hisobida Kataloniya klubining gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 39-daqiqada mezbonlar aʼzosi Djuliano Simeone tomonidan ochildi. 42-daqiqada Markus Reshford hisobni tenglashtirdi. 45+2-daqiqada mezbonlar futbolchisi Nikolas Gonsales qoʻpolligi uchun maydondan chetlatildi. Birinchi boʻlim 1:1 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 87-daqiqasida Robert Levandovski “Barselona”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Shu tariqa oʻyin Xans Flik boshqaruvidagi jamoaning gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu gʻalabadan soʻng “Barselona“ klubi La Liga turnir jadvalida 76 ochko jamgʻargan holda yaqqol karvonboshiga aylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер