Yevroosiyo guruhining yalpi majlisi doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan Qirgʻiz Respublikasi vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazildi
2023-yil 4-8-dekabr kunlari Sanya shahrida (Xitoy Xalq Respublikasi) boʻlib oʻtayotgan Yevroosiyo guruhining 39-yalpi majlisi doirasida Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshligʻi Sh.Soxibnazarov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Qirgʻiz Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Moliyaviy razvedka davlat xizmati raisi K.Asangulov bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Yevroosiyo guruhining 2-bosqich oʻzaro baholash yakuniga koʻra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida tayyorlangan Qirgʻiz Respublikasining 5-taraqqiyot hisoboti loyihasini muhokama qildilar.
Shuningdek, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida idoralararo hamkorlikning natijalarini koʻrib chiqdilar hamda mazkur sohadagi xavflarni aniqlash va baholash boʻyicha oʻzaro tajriba almashdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Yevroosiyo guruhi Yalpi majlisidagi ishtiroki davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring