Eshiklari ochiq qoldirilgan “Malibu”dagi pullar oʻgʻriga oʻlja boʻldi
2023-yil 15-iyul kuni Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi, 1968-yilda tugʻilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 15:00 larda Namangan shahar Baynalminal MFY N.Nomongoniy koʻchasida joylashgan kafe oldida Malibu rusumli avtomashinasini eshiklarini ochiq holda qoldirganligidan foydalangan nomaʼlum shaxs avtomashina salonida boʻlgan 2.700.000 soʻm pullarini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.
Namangan shahar IIO FMB EKB katta eksperti tomonidan avtomashinani koʻzdan kechirish davomida olingan 6 dona qoʻl barmoq izlari viloyat IIB EKMda mavjud “Avtomatlashtirilgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimi” orqali tekshirilganda, izlarning 2 donasi Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi, 2017-yilda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1978-yilda tugʻilgan fuqaroning oʻng qoʻl oʻrta va nomsiz qoʻl barmoq izlariga toʻgʻri kelganligi aniqlangan.
Ushbu holat boʻyicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring