Erondagi zarbalar oqibatida 19 mingdan ortiq fuqarolik obyekti zarar koʻrdi
AQSH va Isroilning Eron hududiga yoʻllagan zarbalari natijasida 19 mingdan ortiq fuqarolik obyekti shikastlangan. Bu haqda TASS agentligi Eron Qizil Yarim oy jamiyati vakili Mujtabo Xolidiyga tayanib xabar bermoqda.
— Hozirga kelib Amerika-sionistik koalitsiyasining shafqatsiz zarbalari oqibatida qariyb 19 734 ta fuqarolik obyekti zarar koʻrdi, shundan 16 191 tasi turar joy binolaridir, — deb qayd etdi u.
Avvalroq Livanning “Al Mayadeen” telekanali Eron AQSH bilan muzokaralarni qayta tiklash uchun oʻz shartlarini ilgari surgani haqida xabar bergan edi.
Tehron Vashingtondan kelajakda Islom respublikasiga hujum qilmaslik kafolatini berishni, reparatsiya (yetkazilgan zararni qoplash toʻlovi) toʻlashni, shuningdek, Eron oʻz atom energetikasi obyektlarida toʻliq yadro yoqilgʻisi siklini amalga oshirishiga rozilik berishini qatʼiy talab qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring