Eron yadroviy quroldan uzoq muddatga voz kechishga tayyor — Tramp
AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda oʻtkazilgan jurnalistlar bilan muloqot chogʻida Eronning yadroviy dasturi yuzasidan muhim bayonot berdi.
Trampning taʼkidlashicha, rasmiy Tehron 20-yildan ortiq muddat davomida yadroviy qurolga ega boʻlmaslik majburiyatini qabul qilgan.
“Bizda juda qatʼiy bayonot bor. Eron 20-yildan ortiq vaqt davomida yadroviy qurolga ega boʻlmaydi. Ular kelishuvga erishmoqchi. Biz ular bilan juda yaxshi munosabatdamiz”, — degan u.
Shuningdek, Oq uy rahbari AQSH va Eron oʻrtasidagi muzokaralarda ijobiy siljish borligini bildirib, tomonlar oʻrtasidagi ehtimoliy kelishuv yaqinlashib borayotganini aytgan. Uning soʻzlariga koʻra, muzokarachilar hafta oxirida yana uchrashishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring