Eron TIV yangi oliy rahbar Mujtabo Xomanaiyning jarohatlanganini tasdiqladi

21:12 12 Mart 2026 Dunyo
304 0

Eronning yangi oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy jarohatlangan, biroq uning ahvoli joyida. Bu haqda Eron TIV vakili Ismoil Baqoiy maʼlum qildi.

— U jarohat olgan, lekin ahvoli yaxshi. U birinchi nutqi bilan qachon chiqish qilishini bilmayman, — dedi Baqoiy Italiyaning Corriere della Sera gazetasiga bergan intervyusida.

TIV vakilining soʻzlariga koʻra, oliy rahbar lavozimiga uch-toʻrtta nomzod daʼvogarlik qilgan, biroq yakunda ekspertlar Mujtabo Xomanaiyni tanlashgan.

Avvalroq Mujtabo Xomanaiy Isroil va AQSH harbiy operatsiyasining birinchi kunida oyogʻidan jarohat olgani haqida xabar berilgan edi. Shu sababli u saylanganidan beri omma oldida koʻrinish bermagan va hech qanday bayonot bilan chiqmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер