Eron TIV: Minabdagi maktabga ikkita Tomahawk raketasi bilan zarba berilgan

21:16 12 Mart 2026 Dunyo
355 0

Eronning Minab shahridagi maktabga berilgan zarba AQSHning ikkita Tomahawk raketasi orqali amalga oshirilgan. Bu haqda Eron TIV vakili Ismoil Baqoiy maʼlum qildi.

— Ular Minabda qirgʻinbarot uyushtirishdi. Ikkita Tomahawkʻdan foydalanishdi. Bundan koʻzlangan maqsad shunchaki maksimal darajada koʻp qurbonlar keltirish edi. Ular 170 ga yaqin beayb insonlarni oʻldirishdi, ularning aksariyati bolalardir, — dedi Baqoiy Italiyaning Corriere della Sera gazetasiga bergan intervyusida.

Avvalroq The New York Times nashri maktabga berilgan zarba joyidan topilgan qoldiqlar ularning Amerika raketasiga tegishli ekanini tasdiqlashi haqida yozgan edi.

Eslatib oʻtamiz, zarba qizlar uchun moʻljallangan boshlangʻich maktabga berilgan. Eron Taʼlim vazirligi 175 kishi halok boʻlganini maʼlum qildi.

Maktab joylashgan bino 2013-yildan 2016-yilgacha boʻlgan davrda harbiy bazadan toʻsiq bilan ajratilgan edi. Bino yaqinida ilgari mavjud boʻlgan kuzatuv minoralari demontaj qilingan, maktab uchun uchta kirish yoʻli ochilgan, hudud tozalanib, asfaltda oʻyin maydonchalari chizilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер