Eron Pokiston hududiga raketa hujumi uyushtirdi

23:32 16 Yanvar 2024 Dunyo
636 0

Illyustrativ foto

Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi Pokistonning Eron bilan chegaradosh Balujiston muzofotida joylashgan “Jaysh al-Adl” terrorchilik guruhining asosiy bazasiga ballistik raketa va uchuvchisiz samolyotdan hujum uyushtirdi.

Bu haqda Press TV xabar bermoqda. Manbada aytilishicha, bu Eron qurolli kuchlarining Pokiston hududiga birinchi raketa zarbasi hisoblanadi.

Oʻtgan yilning dekabr oyi oʻrtalarida Eron janubi-sharqidagi Siston va Balujiston muzofoti, Rask shahrida terakt sodir etilgan edi. Uning oqibatida kamida 12 nafar politsiyachi halok boʻlgan, yana yetti nafari yaralandi.

Terakt uchun masʼuliyatni Eronda terrorchi guruh deb tan olingan, aholisining asosiy qismi shia musulmonlari boʻlgan Eron Islom Respublikasi hukumatiga qarshi kurashayotgan sunniy “Jaysh al-Adl” guruhi oʻz zimmasiga oldi.

Eronning janubi-sharqida Afgʻoniston va Pokiston bilan chegarada joylashgan Siston va Balujiston muzofoti giyohvand moddalar savdosi va terrorizmga qarshi kurashayotgan chegarachilarning oʻlimi bilan bogʻliq xabarlar mahalliy yangiliklarda tez-tez tilga olinadi. Bu yerda ogʻir iqtisodiy, ekologik va diniy holat tufayli vaziyat yanada murakkablashmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер