Eron 16-maydan maktablarni ochishni rejalashtirmoqda

05:37 15 May 2020 Dunyo
1354 0

Foto: РИА Новости

Eron hukumati 16-maydan maktablarni ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat hukumati vakili Ali Rabiy maʼlum qildi.

“Biz 16-maydan tibbiy koʻrsatmalarga rioya qilgan holda barcha maktablarni ochishga qaror qildik, ammo oʻquvchilarning maktabga kelishi majburiy emas“, — dedi u IRINN telekanali efirida.

Mamlakatda koronavirus aniqlangan ilk kunlardanoq maktablar va boshqa oʻquv muassasalari mahalliy miqyosda yopilgandi. Keyinroq kasallik tarqalishi avj olganidan soʻng butun mamlakatdagi maktablar yopildi. Darslar televideniye orqali oʻtildi.

Eronda ayni paytda koronavirus yuqtirganlar soni 115 mingdan oshgan, 6 854 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер