Yerning yana bir yoʻldoshi paydo boʻldi

19:05 27 Fevral 2020 Dunyo
4679 0

Foto: www.google.com

Smitson Astrofizik Observatoriyasining Kichik sayyoralar markazi “2020 CD3” asteroidi vaqtincha sayyoramizning yangi sunʼiy yoʻldoshiga aylanganini maʼlum qildi. Bu haqda “esoreiter.ru” xabar bermoqda.

Markaz maʼlumotlariga koʻra, bu kosmik jism tortishish kuchi sabab Yerga ancha yaqin kelib qolgan.

“Kosmik mehmon”ning hajmi 1 metrdan 6 metrgacha boʻlib, olimlar uni “Apollon“ yoki “Amur“ asteroidlari guruhiga kirishini taʼkidlashdi.

Rossiya Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti ilmiy direktori Boris Shustovning taʼkidlashicha, bunday jismlar uzoq vaqt davomida Yer orbitasida boʻlmagan. Astronomlar ushbu sirli obyektni kuzatishda davom etishni rejalashtirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер