Erdoʻgʻon Afrikaga safari chogʻida qoʻriqchisi vafot etdi
Foto: Huriyyet
Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdoʻgʻonning Senegaldagi safari chogʻida davlat rahbari xavfsizlik departamenti maxsus operatsiyalar boʻlimi direktori yurak xurujidan vafot etgan. Bu haqda mahalliy “Huriyyet” nashri xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, koʻrilgan barsa saʼy-harakatlarga qaramay Maxsus harakat boshqarmasi rahbari Hayrettin Eren hayotini saqlab qolishning iloji boʻlmagan. Uning jasadi Prezident samolyotida Turkiyaga olib kelingan.
Hayrettin Eren vafoti munosabati bilan Turkiya rasmiylari, jumladan tashqi ishlar va moliya vazirlari uning oilasiga hamdardlik bildirgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring