Er avvaliga xotinini, keyin oʻzini oʻldirdi
Samarqandda turmush oʻrtogʻini oʻldirgan shaxs oʻz joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
12.11.2019-yil soat 00-10larda Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Boshdarxon mahallasida yashagan Xamid T. (1986-y.t. yakka tartibdagi tadbirkor) turmush oʻrtogʻi Dilorom V. (1994-y.t., uy bekasi) bilan oʻzaro janjallashib, uni koʻllari bilan boʻgʻib oʻldirib, soʻngra yashash uyida arqon bilan oʻzini osib, joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “b“ bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring