Eng kitobxon oilaga «Spark» avtomobili beriladi
Xorazm viloyatida aholi, ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yana-da yuksaltirish, kitob targʻibotini samarali tashkil qilish maqsadida yana bir xayrli ishga qoʻl urildi. “Urganch kitob markazi” savdo doʻkoni tomonidan “Eng kitobxon oila” deb nomlangan aksiya eʼlon qilindi. Unga koʻra ushbu doʻkondan 100 ming soʻmlik kitoblar xarid qilgan kitobxon oilalar aksiyada ishtirok etadi va mazkur badiiy asarlar yuzasidan oʻtkaziladigan bellashuv orqali gʻoliblar aniqlanadi.Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar, ”Eng kitobxon oila” esa bosh sovrin — «Spark» avtomobili bilan taqdirlanadi.
Odilbek Odamboyev,
(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring