Elektr energiyasini tarmoqlar boʻylab uzatishdagi texnologik sarflarni kamaytirish choralari koʻrilmoqda
Joriy yilning shu vaqtiga qadar “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan quvvati 50 kVt va undan yuqori boʻlgan isteʼmolchilarda energiya resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan berilgan koʻrsatmalarga asosan 4 ming 258 ta isteʼmolchida jami 1 mln 73 ming kVar quvvatga ega boʻlgan reaktiv quvvat kompensatsiya qiluvchi qurilmalar oʻrnatilishi taʼminlandi.
Isteʼmolchilarni elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishiga va elektr qurilmalarni bir meʼyorda ishlash omili hisoblangan ushbu qurilmalardan foydalanishda ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan kamchiliklarga yoʻl qoʻyishmoqda.
Xususan, reaktiv quvvat kompensatsiya qiluvchi qurilmalar oʻnatish yuzasidan berilgan koʻrsatmalar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlanmagan 182 ta isteʼmolchi elektr tarmogʻidan ajratilib, ularga nisbatan maʼmuriy choralar koʻrildi.
Hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring