Ekoshahardagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga ilk ko‘chatlar qadaldi
Foto: “Xalq so‘zi”
Farg‘ona shahrida 70 gektar hududda 40 ming aholi istiqomat qilishiga mo‘ljallangan Ekoshahar barpo etilayotgani haqida avval xabar bergan edik. Ayni paytda Ekoshahar o‘rtasini kesib o‘tuvchi kanal qazish ishlari nihoyasiga yetkazilyapti. Yaqin vaqt ichida dunyoning eng rivojlangan davlatlari shaharsozlik arxitekturasi asosida bu yerda ko‘p qavatli uylar qurilishiga kirishiladi. Ekoshahar loyihasiga ko‘ra, ushbu hududda landshaft arxitekturasi asosida yashil xiyobonlar, noyob manzarali daraxtlar alleyalarini ham tashkil etish rejalashtirilgan.
Bugun Ekoshahar hududida bunyod etiladigan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga ilk manzarali daraxt ko‘chatlari qadaldi. Viloyat faollari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, nuroniylar, yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan umumxalq hasharida 10 gektar yer ko‘kalamzorlashtirildi. Hashar davomida 4000 tupdan ortiq kashtan, Qrim sosnasi, oqqayin, lola daraxti va boshqa turdagi noyob manzarali daraxtlar ekildi.
Umumxalq hasharida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring