Ekologik muhit barqarorligi ta’minlanmoqda

13:28 16 May 2023 Jamiyat
546 0

Foto: «Xalq so‘zi»

Andijon viloyatida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 oktyabrdagi “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida chiqindilarni qayta ishlash, shu tariqa ularning inson salomatligiga bo‘lgan zararini oldini olish maqsadida zamonaviy maxsus idishlar o‘rnatilmoqda. 

- Bunda Xitoy tajribasidan foydalanilmoqda, -deydi viloyat tabiat resurslari boshqarmasi mas’ul xodimi Lochinbek Isomuddinov. – Ya’ni, idishlar bir necha qismlarga ajratilgan bo‘lib, ularning har biri alohida chiqindi mahsulotlariga mo‘ljallangan. Chiqindilar shu tariqa turlarga ajratiladi va qayta ishlashga yo‘naltiriladi. Shu orqali nafaqat, hududlardagi ozodalikni ta’minlash mumkin, balki, aholining ekologik madaniyatini va tabiiy muhitni shakllantirish, borliqqa yetkazilishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlarning oldini olish mumkin. 

Aytish joiz, hozirda viloyatda bir kunda 2100 tonna chiqindi yig‘iladi. Ularning 14,5 foizi qayta ishlashga yo‘naltiriladi. 2022 yilda viloyatda 1158 ta zamonaviy chiqindi idishlari o‘rnatilgan edi. Joriy yilning shu davriga qadar bu ko‘rsatkich yana 432 taga ortdi. Tez orada viloyatning har bir shahar va tumanlari markazlarida 50 tadan ana shunday qutilarning o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Zamonaviy idishlar chiqindilarni xom ashyoga aylantirib, qayta ishlash orqali iste’molga jalb etish imkoniyatini oshiradi. Bu esa tabiiyki, ekologik muhit barqarorligini ta’minlash bilan bir qatorda, mamlakat iqtisodiyotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер