YEXHT Belarusdagi saylovlarga kelmaydi
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Belarus Respublikasida boʻlajak prezidentlik saylovlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etmaydi. Tashkilot xabarida aytilishicha, mamlakat hukumati ularni saylovga taklif qilmadi.
Belarus tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili voqea yuzasidan izoh bermadi. Minsk esa avvalroq tashkilotga saylovlarni kuzatish uchun taklifnoma yuborishini xabar qilgan edi.
“Saylovlarni kuzatishni istaysizmi? Bemalol, ertagayoq kelishingiz mumkin. Biz bunga qarshi emasmiz. Yashiradigan hech narsa yoʻq. Ammo bizga barmogʻingiz bilan qanday yashashni oʻrgatishingiz kerak emas”, dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring