Eyfel minorasining tashqi koʻrinishi tilla rangiga oʻzgartiriladi

17:17 15 Fevral 2021 Dunyo
1227 0

2024-yil boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish doirasida Parijdagi Eyfel minorasi keng miqyosda rekonstruksiya qilinib, u toʻliq tilla rangga kiradi. Bundan oldin 1968-yilda ushbu inshoot koʻrinishi jigarrang zang tusidan oltin rangiga oʻzgartirilgan edi.

Time Out manbasiga koʻra, oʻtgan yili boshlangan navbatdagi boʻyash ishlari 50 mln. yevroga tushadi. Rang berish ishlari 2022-yilda yakunlanadi va shundan soʻng uning atrofidagi park ham rekonstruksiya qilinadi.

Minora tusini oʻzgartirish uchun 19 qatlamdan iborat eski boʻyoqlarni koʻchirib tashlash kerak. Shundan soʻng bino ogʻirligi ham ancha yengillashib qolar ekan.

Fransiya poytaxti durdonasi sanaladigan Eyfel 18 mingta metall detallardan iborat boʻlib, ular bir-biriga 2,5 mln. ta parchin mix bilan mahkamlab chiqilgan. 

Yangi boʻyash ishlariga 60 tonna boʻyoq sarflanadi. Bu unga maftunkor qiyofa berish yoʻlidagi ikkinchi tadbirdir. Bundan oldin har yetti yilda amalga oshirib kelingan boʻyash jarayonlari faqatgina minoraga atmosferaning zararli taʼsirini kamaytirishga xizmat qilardi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер