Dunyoning ikki chekkasida “koronavirus” shaklida doʻl yogʻdi(foto)
Antiqa koʻrinishdagi doʻl dunyoning qarama-qarshi qismida joylashgan davlatlarda yogʻdi. Uning shakli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi, deb yozdi Sputnik.
Meksikaning shimolidagi Nuyevo Leon shtati aholisi ijtimoiy tarmoqlarda muz boʻlaklarining suratlarini joylashtirishdi.
Suratda doʻlda COVID-19ga oʻxshash “tikanlar“ borligini koʻrish mumkin.
Shunga oʻxshash suratlar bilan Xitoyning Sindao shahrida yashovchi Arlene Lee ham oʻrtoqlashdi.
“Kechasi Sindaoda mana shunday doʻl yogʻdi!”, — deb yozdi ayol.
Jahon meteorologiya tashkilotining meteorologi va maslahatchisi Joze Migel Vinas bu koʻrinishdagi doʻl gʻayrioddiy hodisa emasligini taʼkidladi.
“ Boʻron paytida doʻl mayda sharsimon shaklda boshlanadi va ustida muz qatlami toʻplanadi. Kuchli boʻronlar paytida, doʻl yetarlicha kattalashib, parchalanadi, koʻplari majaqlanib, bir-birlariga qoʻshiladi va shunday muz tikanlarini hosil qiladi“ — deya tushuntirdi meteorolog.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring