Dunyodagi beshinchi odam OIVdan toʻliq davolandi
Foto: Arxiv surat
Germaniyada bemor OIV infeksiyasidan butunlay tuzaldi. 53 yoshli bemorga ildiz hujayralari transplantatsiyasi amalga oshirilgan. Tadqiqotchilar uning tanasida hozirda virus yoʻqligini eʼlon qilishdi.
Erkak toʻrt yil oldin OIVga qarshi dori-darmonlarni qabul qilishni toʻxtatgan. Bu uzoq muddatli remissiya emas, balki haqiqatan ham davolanishdir.
Bu dunyoda tasdiqlangan beshinchi holat. Barcha davolangan bemorlarga qon saratonini davolash uchun ildiz hujayralari transplantatsiyasi oʻtkazilgan. Ularning donorlari OIVga chidamli genetik mutatsiyaga ega boʻlib, u dunyo aholisining atigi 1 foizida mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring