Dunyoda turizm sohasida band boʻlgan 120 million kishi ishsiz qolishi mumkin — BMT

02:08 26 Avgust 2020 Dunyo
1072 0

Illyustrativ surat

Dunyoda turizm sohasida band boʻlgan 120 millionga yaqin odam koronavirus pandemiyasi va shunga oʻxshash cheklovlar tufayli ishsiz qolishi mumkin. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish aytib oʻtdi.

“Sayyohlik sektorida Yer yuzi boʻylab har oʻn kishidan bir kishi ishlaydi, yana yuz millionlab odamlarning hayoti shu sektor orqali taʼminlanadi”, deydi Guterrish.

Pandemiya turizm sanoatini izdan chiqayotganligini taʼkidlagan Bosh kotibning soʻzlariga koʻra, ishchilarning aksariyatini ayollar va yoshlar tashkil etadigan mikro, kichik va oʻrta korxonalar, ayniqsa, xavf ostida qolmoqda.

BMT maʼlumotlariga koʻra, sayyohlar sonining joriy yilda 58 foizdan 78 foizgacha kamayishi mumkinligi tashrif buyuruvchilarning xarajatlari 2019-yildagi 1,5 trillion dollardan 2020-yilda 310-570 milliard dollarga tushishiga olib keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер